Ўзбекистон Superligasi qaytmoqda!!! 16-iyuldan milliy chempionatimiz bahslari qaytadi. Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z darvozalaridan atiga 3 dona to‘p o‘tkazib yuborgan. So‘nggi holat: 2W-2D-1L (DDWLW, eng so‘nggi birinchi). Oxirgi natija: Ўзбекистон 0-0 Eron (2025-11-18).
Qaytishga tayyorlik
Farg‘ona klubi 11ta uchrashuvda 25ta gol urib, o‘z darvozalaridan atiga 3 dona to‘p o‘tkazib yuborgan. Klub posboni Botirali Ergashev esa 8ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda darvozabonlar orasida yetakchilik qilyapti.
Superliganing ortda qolgan 11 ta tur o‘yinidan keyingi muhim statistikalar
Ayni vaqtda Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z darvozalaridan atiga 3 dona to‘p o‘tkazib yuborgan holda, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Undan 2 ochko kam jamg‘argan "Paxtakor" esa 2-pog‘onani band etib turibdi. Kuchli uchlikka esa 20 ochko bilan "Buxoro" yakun yasab beradi. 4-o‘rindagi "Navbahor"da ham huddi shuncha ochko mavjud. Muborakning "Mash’al" jamoasi esa hozircha birorta ham ochko qo‘lga kirita olmagan holda antirekordni davom ettirmoqda.
12-tur bahslari
12-tur bahslari 16-iyul kuni boshlanadi. Shu kuni birato‘la 3ta stadionda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Dastlab Jizzaxdagi markaziy stadionda maydon egasi "So‘g‘diyona" jamoasi "Xorazm" bilan kuch sinashadi. Turning markaziy uchrashuvlaridan birida esa "Bunyodkor" “Olimpiya” stadionida "Nasaf"ni qabul qiladi. Kunning so'nggi bahsi esa Fargo'nada joylashgan “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Maydon egasi "Neftchi" klubi joriy mavsum kashfiyotiga aylanayotgan "Buxoro" jamoasi to'sig'idan o'tishiga to'g'ri keladi. O‘yinlari parallel tarzda 20:00da start oladi.
